Xizmatlarimiz

  1. 01

    Sayt yaratish

    Kompaniyangiz, xizmatlaringiz va ishlaringizni tanishtiradigan, tashrif buyuruvchini murojaat qilishga olib boradigan sayt. Har bir sayt telefonga moslashgan, boshqaruv paneli bilan va Google uchun tayyor holda topshiriladi.

    Sayt yaratish haqida batafsil
  2. 02

    Internet doʻkon ochish

    Katalog, savat, onlayn toʻlov va muddatli toʻlov, buyurtmalarni boshqarish — bitta tizimda. Kerak boʻlsa, narx va qoldiqlar 1C kabi hisob tizimidan oʻzi yangilanadi.

    Internet doʻkon ochish haqida batafsil
  3. 03

    SEO xizmati

    Xizmatingizni Google-da va ChatGPT kabi sunʼiy intellekt javoblarida qidirganlar sizni topsin. Texnik audit, kalit soʻzlarni tadqiq qilish, sahifalarni optimallashtirish va har oy oʻlchanadigan natija.

    SEO xizmati haqida batafsil
  4. 04

    Telegram bot va AI avtomatlashtirish

    Mijozlar savollariga javob beradigan AI yordamchi, buyurtma va murojaatlarni avtomatik qayta ishlash, takroriy ishlarni dasturga topshirish.

      Telegram bot va AI avtomatlashtirish haqida batafsil
    • 05

      Mobil ilova yaratish

      Mijozingiz buyurtma, bron va bonuslarini telefondan boshqaradi, yangiliklarni bildirishnoma orqali bilib oladi. iOS va Android uchun, App Store va Google Play-ga joylash bilan.

      Mobil ilova yaratish haqida batafsil
    • 06

      CRM tizimi yaratish

      Mijoz, murojaat, buyurtma va toʻlov bir joyda: murojaatlar yoʻqolmaydi, savdo qayerda toʻxtab qolayotgani koʻrinadi. Tayyor CRM ishingizga mos kelsa, uni joriy qilamiz; mos kelmasa, ishingizga moslab yozamiz.

      CRM tizimi yaratish haqida batafsil

    Sizga qaysi xizmat kerak?

    Saytmi yoki internet-doʻkonmi?

    Maqsad kompaniyani tanishtirish va murojaat yigʻish boʻlsa, korporativ sayt yoki landing page yetarli. Mahsulotni saytdan sotish, toʻlovni onlayn qabul qilish va qoldiqni kuzatish kerak boʻlsa, internet-doʻkon toʻgʻri tanlov. Baʼzan ikkalasi birga quriladi: korporativ sayt va uning ichida katalog.

    Tayyor CRMmi yoki individual dasturmi?

    Savdo jarayoningiz standart boʻlsa, tayyor CRMni joriy qilish tezroq va arzonroq. Jarayoningiz oʻziga xos boʻlsa, sohangizga moslab yozilgan CRM yoki ERP xodimlar vaqtini olayotgan qadamlarni kamaytiradi. Qaysi biri mosligini jarayonlaringizni koʻrib aytamiz.

    Mobil ilova qachon kerak?

    Mijoz sizdan tez-tez buyurtma qilsa, bonus yigʻsa yoki bildirishnoma orqali xabar olishi kerak boʻlsa, mobil ilova qiymat qoʻshadi. Mijoz sizga yiliga bir-ikki marta kelsa, telefonga mos sayt odatda yetarli.

    SEO qachon boshlanishi kerak?

    Eng yaxshisi — sayt yaratilayotganda. Sahifa tuzilmasi, manzillar, tezlik va matnlar boshidan qidiruvga mos qurilsa, keyin tuzatish uchun qoʻshimcha xarajat boʻlmaydi. Mavjud sayt uchun ishni texnik SEO auditdan boshlaymiz.

    Telegram bot qachon kerak?

    Mijozlar Telegram-da yoki saytda koʻp yozsa va javob kechiksa, bot oʻzini oqlaydi. U koʻp beriladigan savollarga oʻzi javob beradi, buyurtma qabul qiladi va murakkab murojaatni menejerga uzatadi. Xabarlar kam boʻlsa, boshida tayyor javoblar yetarli boʻlishi mumkin.

    Barcha xizmatlar bitta jamoadan

    Dizayn, dasturlash, SEO va ishga tushgandan keyingi qoʻllab-quvvatlash bitta jamoada. Sayt, doʻkon va CRM bir-biri bilan ishlaydi, masʼuliyat boʻlinmaydi va savolingizga kim javob berishini bilasiz.

    Loyihangizni qisqacha yozing

    Nima kerakligini aniqlab, yozma reja va narx yuboramiz.

    Loyihani muhokama qilish