Biz yaratgan loyihalar

Loyihalarimizni qanday yaratamiz

Har bir loyiha biznes maqsadidan boshlanadi

King Travel uchun maqsad turlar, mehmonxonalar, aviachiptalar va transferlarni bitta saytda sotish edi; Barkod Electronics uchun — narx va qoldiqlarni qoʻlda yangilamasdan koʻrsatish. Sayohat platformasi, internet-doʻkon yoki korporativ sayt — avval sayt nimani hal qilishi kerakligini yozamiz, keyin dizaynga oʻtamiz.

Tezlik, xavfsizlik va qulay boshqaruv paneli

Biz yaratgan saytlar telefonda tez ochiladi, qidiruv tizimlari uchun toʻgʻri sozlanadi va matn, rasm, narxni oʻzgartirish uchun boshqaruv paneli bilan topshiriladi. Toʻlov va shaxsiy maʼlumot bilan ishlaydigan qismlarda xavfsizlik asosiy talab, qoʻshimcha xizmat emas.

Mavjud tizimlar bilan integratsiya

1C, bank toʻlovi, muddatli toʻlov va boshqa xizmatlar bilan bogʻlanish loyihaning oddiy qismi. Maʼlumot bir joyda paydo boʻladi va saytga oʻzi keladi, bir ishni ikki marta qilish kerak boʻlmaydi.

Saytni yangilash

Bakstone loyihasidagidek, har safar noldan boshlash shart emas. Mavjud platformani saqlab, saytning koʻrinishi va tuzilmasini yangilashimiz mumkin.

Loyihangizni qisqacha yozing

Nima kerakligini aniqlab, yozma reja va narx yuboramiz.

Loyihani muhokama qilish